Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Jamiyat
−
17 may 4891 2 daqiqa
2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi. Bu 16 may kuni qabul qilingan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonunda belgilangan.
Qonunga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvargacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
- bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;
- ijaraga berilgan ob’ektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimliklari, shuningdek, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.
Bunda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to‘g‘risida tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingan va unda O‘zbekistonda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilangandi.
Live
Barchasi