Avstraliya, AQSH va Buyuk Britaniya gipertovushli qurol yaratishga kelishib oldi
Olam
−
06 aprel 2022
4460Avstraliya, AQSH va Buyuk Britaniya AUKUS mudofaa hamkorligi doirasida gipertovushli qurollarni yaratish bo‘yicha qo‘shma ishlarni boshlaydi. Bu haqda Britaniya hukumati veb-saytida chop etilgan mamlakatlar rahbarlarining uch tomonlama bayonotida aytilgan.
Bayonotda, shuningdek, tomonlar gipertovushli qurollar va radioelektron urushlarga qarshi vositalarni ishlab chiqish ustida ish olib borishi aytiladi. Bundan tashqari, Vashington, London va Kanberra mudofaa innovatsiyalari sohasida axborot almashish va hamkorlik qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kengaytiradi.
“Ushbu chora-tadbirlar kiber, sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari va suv osti transport vositalari sohasidagi ilg‘or imkoniyatlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizga qo‘shimcha sifatida rejalashtirilgan”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, mamlakatlar kelajakda bu ishga ittifoqchi va hamkorlarini jalb etishga va’da bergan. AUKUS a’zolari “erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi”ga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlagan.
Ma’lumot o‘rnida, AUKUS 2021 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Avstraliya alyans doirasida o‘zining yadroviy suv osti flotini qurishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi