Astronomlar teskari aylanadigan g‘ayrioddiy sayyorani aniqladi
Bu qiziq
−
13:35 597 2 daqiqa
Xalqaro olimlar guruhi o‘z yulduzi atrofida qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadigan Neptun hajmidagi sayyorani aniqladi. Bu haqda “SciTechDaily” xabar berdi.
Qayd etilishicha, astronomlar yuqori aniqlikdagi spektrograf yordamida retrograd orbitaga ega bo‘lgan GJ 3090 b ekzosayyorasini kashf etgan. Uning orbital o‘qining qiyalik burchagi taxminan 136 darajani tashkil etadi, bu esa jismning yorqin yulduzning o‘z aylanish yo‘nalishiga qarshi harakatlanayotganini tasdiqlaydi. Bu galaktikadagi kichik va sovuq yulduzlarda qayd etilgan birinchi shunday hodisa.
Odatda sayyoralar o‘z yulduzi bilan birga bir xil gaz-chang diskidan hosil bo‘ladi va u bilan bir tomonga harakatlanadi. Anomaliyani tushuntirish uchun tadqiqotchilar ekzosayyorani o‘z tortishish kuchi bilan yo‘lidan adashtirib yuborgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa massiv jismni atrofdan topishga harakat qilgan, ammo hech narsa aniqlay olmagan. Endi mutaxassislar ilk bosqichda tizim tashqi fazodan ikkinchi diskni tutib olgan va aynan u sayyoraga yangi yo‘nalish bergan, deb taxmin qilmoqda.
Kashfiyot koinotda sayyoralar tizimlarining shakllanishi haqidagi an’anaviy qarashlarni shubha ostiga qo‘ymoqda. Olimlar qizil mittilarda bunday anomaliyalar qanchalik tez-tez uchrashini va tashqi muhit yosh yulduz tizimlarining rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun ob’ektni kuzatishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda ulkan radio teleskop yordamida olib borilgan chuqur kuzatuvlar davomida boshqa bir sivilizatsiyaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan sirli signal aniqlangandi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr