Asaubayeva O‘zbekistondagi nufuzli turnirda ishtirok etadi
Sport
−
12:50 836 1 daqiqa
Qozog‘istonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Bibisora Asaubayeva 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mamlakat ayollar terma jamoasiga boshchilik qiladi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabar berdi.
FIDE e’lon qilgan tarkibga ko‘ra, ayollar o‘rtasida jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turgan Asaubayeva Qozog‘istonning asosiy umidi sifatida Samarqanddagi musobaqada ishtirok etadi.
U bilan birga terma jamoa safidan jahon qizlar reytingida 2-o‘rinda borayotgan Alua Nurman, 4-o‘rin sohibi Meruyert Kamalidenova, shuningdek Elnaz Kaliaxmet va Zarina Nurg‘aliyeva ham joy olgan.
Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi. FIDE ishtirokchilar reytingiga ko‘ra, Qozog‘iston ayollar terma jamoasi musobaqaning to‘rtinchi raqamli jamoasi sifatida baholanmoqda.

Live
Barchasi