“Arsenal” sloveniyalik futbolchini nishonga oldi
Sport
−
23 yanvar 2025 3449 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” klubi “Leypsig” hujumchisi Benjamin Sheshkoni sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar yanvar oyida hujum chizig‘idagi bo‘shliqni Sloveniya terma jamoasi hujumchisi Benjamin Sheshko bilan to‘ldirmoqchi. “Kanonirlar” futbolchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. “Arsenal” murabbiyi Mikel Arteta ham hujumchining jamoaga kelishi tarafdori ekanligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Sheshko “Leypsig” tarkibiga 2023 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum klub safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etgan. 21 yoshli hujumchining narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevroga baholangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025