“Arsenal” Alvares uchun qancha to‘lamoqchiligi aniq bo‘ldi
Sport
−
14 iyul 3765 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” klubi Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashni maqsad qilgan. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” mavsumoldi yig‘ini boshlanishidan oldin kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Klub argentinalik hujumchi uchun 105 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, “Arsenal” nomidan muzokaralarni klubning sport direktori, ilgari “Atletiko”da faoliyat yuritgan Andrea Berta olib bormoqda.
Avvalroq, Xulian Alvares Ispaniyada qolish istagini bildirgan edi. Uning vaziyatini “Barselona” va “Real Madrid” ham kuzatib borgan. Biroq madridliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilarini kuchaytirish niyatida emas. Shuningdek, PSJ ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, Alvares joriy transfer oynasida “Arsenal” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Atletiko” o‘tgan yozda 26 yoshli argentinalik hujumchini “Manchester Siti”dan 75 million yevroga xarid qilgan edi. Alvares 2025-2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi