Armaniston G‘azo aholisiga qariyb 30 tonna gumanitar yordam yubordi
Olam
−
30 mart
2596Armaniston G‘azo sektoriga salkam 30 tonna gumanitar yordam paketini tayyorladi. Loyiha hukumat yig‘ilishida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Arpine Sarkisyan tomonidan taqdim etilgan. Bu haqda "Armenpress" nashri ma’lum qildi.
"Gumanitar yordam oziq-ovqat va dori-darmonlarni o‘z ichiga oladi. Buning uchun konservalar, quruq ovqatlar, antibiotiklar, tibbiy eritmalar ajratildi. Jami insonparvarlik yordami 29,94 tonnani tashkil qiladi", degan IIV rahbari o‘rinbosari.
U respublika Mudofaa vazirligi Misr orqali insonparvarlik yordami jo‘natishini ma’lum qilgan. Bu haqda ikki davlat hukumatlari Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning mart oyi boshida Misr Arab Respublikasiga tashrifi chog‘ida kelishib olgan edi.
Pashinyan logistik muammolarga qaramay, G‘azo aholisiga gumanitar yordam yetkazish uchun Misr hukumatidan yordam olganini bildirgan. U 5-6 mart kuni Misrga tashrifi chog‘ida G‘azo aholisiga yuk yetkazishda yordam berish uchun shunday kelishuvga erishilganini ta’kidlagan.
Armanistonning Misrdagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, gumanitar yordam 28 mart kuni Qohiraga yetib borgan. Armaniston elchisi Grachya Poladyan insonparvarlik karvoni bir yoki ikki kunda falastinliklarga yetib borishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Isroil armiyasining G‘azo shahri markazida gumanitar yordamga hamrohlik qilayotgan mahalliy faollarga bergan zarbasi oqibatida 23 nafar falastinlik halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi