“Arqadag‘” aeroportda “poyga” uyushtirdi (video)

Olam

image

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Honda Civic sport mashinasida Turkmanboshi aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Altyn Asyr” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, sobiq prezident “sinovdan o‘tkazib ko‘rgan” aeroportning bu yo‘lagi joriy yilning avgust oyi boshida qayta ochilishi kerak.

Berdimuhamedov aeroportda bo‘lajak BMT forumining xorijlik mehmonlarini qabul qilishga qanchalik tayyorligini tekshirmoqchi bo‘lgan. Terminallarni ko‘zdan kechirib, kelajakdagi yo‘lovchi tashishga tayyorgarlikni muhokama qilgach, u uchish-qo‘nish yo‘lagi sirtlarini shaxsan sinab ko‘rishga qaror qilgan.

“Arqadag‘” mashina tezligini 240 km/soatgacha ko‘targan va manyovrlar amalga oshirgan. Xabarda Turkmanboshi aeroporti orqali parvozlarni qayta tiklash sanasi aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Arqadag' sport mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing