Aripov Rossiyaning xalqaro qo‘shiq tanlovi o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida misli ko‘rilmagan darajada talabalar almashinuvini nishonlamoqda. Bu haqda Moskvada bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov MDH Hukumat rahbarlari kengashida ma’lum qildi. 

“Biz Hamdo‘stlik doirasida misli ko‘rilmagan talabalar almashinuvidan mamnunmiz. Masalan, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filialida tahsil olish bilan birga 60 mingdan ortiq fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasi shaharlarida oliy ma’lumotli bo‘ladi, shundan 10 foizga yaqini Rossiya hukumati grantlariga ega chiqqan”, deydi Aripov.

Shu bilan birga, u O‘zbekiston talaba va akademik almashinuv sohalarida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishni muhim deb bilishini ta’kidladi.

Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ham Rossiyaning “Intervideniye” xalqaro tanlovini o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Biz rossiyalik hamkorlarning “Intervideniye” xalqaro qo‘shiq tanlovini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz. Madaniy-gumanitar sohada qo‘shma dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashishda davom etmoqchimiz”, deydi Aripov 

Shuningdek, Aripov Samarqandni Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun hamkorlarga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada MDH davlatlari hukumat rahbarlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

MDH O'zbekiston Abdulla Aripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing