Argentinada Lionel Messi sharafiga o‘yinlar to‘xtatiladi

Sport

image

Argentina chempionatining barcha darajalaridagi o‘yinlar, shuningdek, “Boka Xuniors” va “Veles Sarsfild” o‘rtasidagi Argentina kubogi uchrashuvi Lionel Messi sharafiga 10-daqiqadan so‘ng to‘xtatiladi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “TyC Sports” telekanali  xabar berdi.

Avvalroq, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Futbolchi terma jamoa safida 10-raqamli futbolkada to‘p tepgan.

Shuningdek, Argentina futbol assotsiatsiyasi tomonidan Messiga bag‘ishlangan maxsus video o‘yinlar boshlanishidan oldin stadionlardagi katta ekranlarda namoyish etiladi.

39 yoshli Messi 2023 yildan buyon AQSHning MLS ligasida ishtirok etuvchi “Inter Mayami” klubi safida to‘p tepib kelmoqda. Yevropada u Ispaniyaning “Barselona” hamda Fransiyaning PSJ klublari sharafini himoya qilgan.

Argentinalik yulduz klublar miqyosida to‘rt marta Chempionlar ligasi, uch martadan UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda jahon chempioni bo‘ldi, 2014 va 2026 yillarda jahon chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, u 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, 2021 va 2024 yillarda esa Amerika kubogi g‘olibi bo‘lgan. Messi Argentina milliy terma jamoasi safida 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan. U har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham Argentina terma jamoasi rekordchisi hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing