Apple iPhone’ning 20 yilligiga shisha smartfon chiqaradi

Texnologiya

image

Apple korporatsiyasi iPhone’ning 20 yilligiga bag‘ishlab shisha smartfon chiqaradi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr eksperti Mark Gurmanning aytishicha, Apple o‘zining birinchi smartfoni taqdim etilganining 20 yilligini yorqin tarzda nishonlashni rejalashtirgan. Bu sana 2027 yilga to‘g‘ri keladi. Korporatsiya “mutlaqo yangi dizaynga ega” iPhone Pro ishlab chiqishni va’da qilgan.

Mutaxassisning bildirishicha, yubiley smartfoni asosan shishadan tayyorlanadi. Hozirgi iPhone’larda displey va orqa panel shishadan yasalgan. Mark Gurmanning qayd etishicha, to‘liq shisha smartfon ishlab chiqish Apple'ning sobiq bosh dizayneri Jonni Ayvning orzusi bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, Apple yangi qurilma bilan birga o‘zining birinchi bukiluvchi smartfonini ham taqdim etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, birinchi iPhone chiqarilganining 10 yilligi munosabati bilan 2017 yilda Amerikaning IT-giganti iPhone X'ni taqdim etgan edi. Bu brend tarixidagi birinchi OLED-displeyli qurilma bo‘lgan, shuningdek, undan “Home” tugmasi olib tashlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Gurman Apple kompaniyasining kelgusi avlod smartfonlari – iPhone 17 seriyasi so‘nggi besh yil ichidagi eng katta dizayn o‘zgarishlariga ega bo‘lishini aytgan edi. Gurmanning ta’kidlashicha, iPhone 17 Pro modeli old tomondan o‘z o‘tmishdoshiga juda o‘xshash bo‘ladi, ammo orqa tomoni butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Internetda tarqalgan renderlarga ko‘ra, bu modelda avvalgi kvadrat element o‘rniga, orqa panelning deyarli butun kengligini egallaydigan to‘rtburchak shaklidagi kamera moduli bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple Mark Gurman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing