Antarktidada 16 mln kvadrat kilometr muz erib ketdi
Olam
−
17 mart
4039Antarktidada dengiz muzlarining eng past darajalardan biriga tushgani qayd etildi. Yozgi mavsum davomida taxminan 16 million kvadrat kilometr muz erib ketgan. Bu haqda Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti (AANII) ma’lum qildi.
Har yili fevral oxirida Janubiy yarim sharda yoz fasli tugaydi. Odatda, bu davrda dengiz muzlarining umumiy maydoni o‘rtacha 3 million kvadrat kilometrgacha qisqaradi. Biroq joriy yil fevral oyida ushbu ko‘rsatkich atigi 2,02 million kvadrat kilometrni tashkil etgan.
Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti muz va gidrometeorologik axborot markazi olimlari ma’lumotlariga ko‘ra, yangi muz mavsumi kuzatuvlar boshlangan 1979 yildan beri eng past ko‘rsatkich qayd etilgan to‘rtinchi mavsum bo‘ldi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muz qoplamining eng katta yo‘qotishlari drifterning keskin kamayishi bilan bog‘liq. Bu holat to‘lqinlarning qirg‘oqqa yetib borishiga va qirg‘oq muzlarining buzilishiga olib keladi. Xususan, bunday jarayonlar yanvar oyining boshida Atlantika sektoridagi Riser-Larsen va Kosmonavt dengizlarida kuzatilgan.
Qirg‘oq muzlari – bu qattiq dengiz muzlari bo‘lib, ular qirg‘oq, sayozlik yoki suv osti balandliklariga mahkam bog‘langan. Drifter muzlaridan farqli o‘laroq, ular shamol va oqimlar ta’sirida harakatlanmaydi.
Institut mutaxassislarining fikriga ko‘ra, hozirda drifter muzlari asosan Ueddell va Amundsen dengizlarida saqlanib qolgan. Boshqa dengizlarda esa muzlar faqat qirg‘oq bo‘ylab uchraydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) va Xalqaro ilmiy kengash iqlim o‘zgarishi sababli Arktika hududi tezlik bilan isiyotgani va muzliklarning erishi oqibatida yuz yillab muz ostida uyquda bo‘lgan xavfli mikroblar yuzaga chiqayotgani, ushbu mikroblarga zamonaviy odamning immuniteti hali yo‘q ekani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart