Angrenda Isuzu yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat tahminan 05:00 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 91-kilometrida 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi Isuzu rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida yukxonada yongin kelib chiqqan va avtoulov qisman yonib ketgan.

Ushbu yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Bildirilishicha, hozirda xolat yuzasidan Angren shahar FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida BelAZ rusumli avtosamosval yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren Isuzu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing