Andijonda Isuzu haydovchisi velosipedchini urib ketdi
3-sahifa
−
14:31 689 1 daqiqa
Bugun, 6 avgust kuni Andijon shahar Pirmuhammedov ko‘chasida yuk mashinasi haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:00 larda Andijon shahar Pirmuhammedov ko‘chasida haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan X.G‘. o‘zining Isuzu rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning birinchi tasmasida harakatlanayotgan velosipedchi keskin ravishda chap tomonga chiqib ketishi oqibatida transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida velosipedchi tan jarohati olib, tibbiy ko‘rik va zarur yordam olish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida BYD elektrovelosipedni urib yuborgan edi.
Live
Barchasi