Angliyada marafon paytida ikki nafar shaxs vafot etdi
Sport
−
10:15 267 1 daqiqa
Angliyada o‘tkazilgan Great North Run yarim marafonida ikki nafar ishtirokchi vafot etdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilariga tayanib, BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nyukasl-apon-Tayndan Saut-Shildsgacha bo‘lgan masofada o‘tkazilgan poyga davomida ikki ishtirokchi hushidan ketgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, har ikki sportchi ham vafot etgan. Ularning ikkalasi ham 25 yoshda bo‘lgan. O‘limning aniq sababi keyinroq aniqlanadi.
Musobaqa tashkilotchilari marhumlarning oila a’zolariga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
45 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Great North Run yarim marafonida bu yil 63 ming nafar ishtirokchi qatnashgandi. Qatnashchilar orasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bernham ham bor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiya vitse-prezidenti o‘g‘lining sevgilisi yarim marafonda ishtirok etganidan so‘ng vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi