Andijonda erkak qarindoshini tovuqlar sabab chavaqlab tashladi
3-sahifa
−
24 fevral 8383 2 daqiqa
Andijon shahrida ammasining o‘g‘lini bir necha bor pichoqlab o‘ldirgan erkak 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1998 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan erkak shaharning Yangihayot mahallasida ammasining o‘g‘li bilan birgalikda yashab kelgan. 2025 yilning 22 sentyabr kuni soat 14:00 atrofida ular orasida janjal yuz bergan.
Erkak tovuqlarning katakda emas, hovlida kezib yurgani uchun janjal ko‘targan va tortishuv davomida ular so‘kishib ketgan. Bundan g‘azablangan erkak yigitni ikki taraflama kesuvchi bo‘lgan xanjar pichoq bilar ko‘krak, yelga, oyoq va qo‘l sohalariga bir necha maratoba pichoqlab, o‘ldirgan.
Marhum yigitning onasi sudda ko‘rsatma berishicha, voqea sodir bo‘lganida u ham uyda bo‘lgan.
“Voqea kuni hammamiz uyda edik. Qanday sodir bo‘lganini bilmay ham qoldik. Qarasam, bolam yerda yotgandi, voy-voy deganimdan boshqa narsani eslolmayman. Tez tibbiy yordam bilam viloyat shifoxonasiga olib ketilgan”, degan u.
Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha, Andijon shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybli deb topilgan va 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jasosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 9-sinf o‘quvchisi Qo‘qon shahar 1-son IIB profilaktika inspektorini pichoqlagandi.
Live
Barchasi