Alijon Abdullayev o‘z xohishi bilan Bosh prokuraturadan ketdi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Alijon Siddikovich Abdullayev o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

“Adliya katta maslahatchisi Alijon Siddiqovich Abdullayev o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan egallab turgan Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi”, deyiladi xabarda.

Alijon Abdullayev 2020 yildan beri Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Alijon Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977 yilda sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Alijon Abdullaev Kadrlar boshqarmasi boshlig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing