Aliyev va Erdo‘g‘anning yo‘liga Armaniston emas, Eron to‘g‘anoq bo‘layotgani aytildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Zangezur yo‘lagini yaratish bilan bog‘liq qiyinchiliklar Armaniston bilan emas, balki Eron pozitsiyasi bilan bog‘liqligini aytdi. U bu haqda Ozarbayjonga tashrifini yakunlab, Turkiyaga qaytayotib jurnalistlar bilan qilgan muloqotida so‘z ochgan. 

“Zangezur yo‘lagiga kelsak, muammo Armaniston bilan bog‘liq emas, muammo Eron bilan bog‘liq”, deydi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Turkiya rahbari Eronning xatti-harakatlari nafaqat Ozarbayjon, balki Turkiyani ham ranjitishini aytgan. 

“Bundan tashqari, afsuski, tashish uchun juda yuqori tariflar joriy etilgan. Tez orada bu muammoni hal qilamiz degan umiddaman”, deydi Prezident. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Erondan ijobiy yondashuv bo‘lsa, bugun Turkiya, Ozarbayjon va Eron ham avtomobil, ham temir yo‘llar orqali bir-biri bilan integratsiyalashgan bo‘lardi. Bundan tashqari, uning fikricha, Pekin-London yo‘nalishi ochilgan bo‘lar edi.

Erdo‘g‘an Eronning aynan qaysi pozitsiyasi Turkiyaga mos kelmasligi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. 

Ozarbayjon Armanistonning Syunik viloyati hududidan o‘tib, Naxichevanni mamlakatning asosiy qismi bilan bog‘laydigan Zangezur yo‘lagini yaratish istagini bir necha bor bildirgan. Avtomobil va temir yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Bu, jumladan, Kaspiy dengizi orqali Turkiyani Naxichevan, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, Yerevan 2020 yil kuzida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro hududida harbiy harakatlarga chek qo‘ygan 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonot bunday yo‘lak ochishni nazarda tutmasligini va bunday masalalarni muhokama qilishdan bosh tortishini ta’kidlamoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyi Erdo'g'an Zangezur yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made