AQSHning yadroviy sinovlarni tiklash sababi aytildi
Olam
−
31 Oktabr 2025 3764 1 daqiqa
G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSH Prezidenti Donald Trampning yadroviy sinovlarni qayta boshlash qarorini tushuntirdi. AQSH yetakchisining yadroviy sinovlarni darhol boshlash haqidagi bayonoti Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning e’tiborini jalb qilishga qaratilgan. Bu haqda “Helsingin Sanomat” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Trampning bu murojaati birinchi navbatda Rossiyaga qaratilgan. Agar AQSH Prezidenti o‘z so‘zida turib, haqiqatan ham yadroviy qurol bilan sinov o‘tkazishni nazarda tutgan bo‘lsa, bu tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ladi. Bu bilan “Sovuq urush” tugaganidan keyingi davr to‘liq yakunlanib, yangi noaniqliklar davri boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 oktyabr kuni Tramp “boshqa yadroviy davlatlarning harakatlari”ni sabab qilib ko‘rsatib, Pentagonga yadroviy sinovlarni darhol boshlashga topshiriq bergandi. Bu qaror Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yadroviy dvigatelli “Burevestnik” qanotli raketasining sinovi haqida bergan bayonotlari ortidan e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, Rossiya va Xitoy Trampning mazkur buyrug‘iga munosabat bildirdi. Xususan, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSHning yadro sinovlariga oid moratoriyni saqlab qolishiga umid qilishini ma’lum qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Rossiya va AQSH o‘rtasida qurollanish poygasining yangi bosqichi boshlangan deb hisoblamasligini aytdi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025