AQSHga yuborish uchun 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi (video)
3-sahifa
−
17 iyul 2248 1 daqiqa
Namangan viloyatida avval firibgarlik uchun sudlangan shaxs AQSHga yuborishni va’da qilib, fuqarodan 50 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2001 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi AQSHga ketish istagida bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, undan 50 ming dollar so‘ragan. Kelishilgan mablag‘ning bir qismini olish maqsadida u mijozni kafega chaqirgan va firibgarlik yo‘li bilan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida olingan pullar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida fuqaroni Isroilga ishga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi