AQSHda otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
11 Oktabr 2025 3425 1 daqiqa
Bugun, 11 oktyabr kuni Missisipi shtatining Liland shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, kamida 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Liland meri Jon Lining aytishicha, otishma tunda, mahalliy vaqt bilan soat 00:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Yaradorlardan to‘rttasi mahalliy shifoxonaga vertolyot orqali olib ketilgan. Ularning holati haqida ma’lumot berilmagan. Hozircha hech kim hibsga olinmagan, tergov ishlari davom etmoqda.
Merning so‘zlariga ko‘ra, otishma shahar markaziy ko‘chasida yuz bergan. O‘sha paytda shaharga Liland o‘rta maktabining futbol o‘yini uchun ko‘plab odamlar to‘plangan bo‘lgan. Maktab saytiga ko‘ra, Liland High School o‘sha kuni Charleston High School’ga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, Liland – Missisipining Vashington okrugida joylashgan kichik shahar bo‘lib, 2020 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, uning aholisi taxminan 4 ming kishini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning Sidney shahrida bir erkak o‘z kvartirasidan ko‘chadagi odamlarga qarata o‘t ochgandi. Voqea oqibatida 16 kishi yaralangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025