AQSHda harbiy samolyot halokatga uchradi
Olam
−
24 Oktabr 2997 1 daqiqa
Kecha, 23 oktyabr kuni AQSHning markaziy qismida, Oklaxoma shtatining Oklaxoma-Siti shahrida AQSH harbiy-havo kuchlariga tegishli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Fox 25” telekanali xabar berdi.
Oklaxoma Milliy gvardiyasiga ko‘ra, AQSH harbiy havo kuchlarining OA-1K Skyraider II samolyoti Oklaxoma-Sitining janubi-sharqiy qismida qulagan. Samolyot yerga urilishi chog‘ida ikkita elektr ustuniga tegib ketgan. Oqibatda elektr tarmoqlari uzilgan va yong‘in sodir bo‘lgan, biroq u tezda o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, bortda fuqarolik pudratchisi va AQSH harbiy-havo kuchlari xizmatchisi bo‘lgan. Hozircha halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida ma’lumot berilmagan. Halokat paytida ekipaj a’zolari o‘quv parvozi vazifasini bajarayotgan bo‘lgan. Hozirda hodisa sabablari tergov qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelaning Tachira shtatida ikki dvigatelli samolyot Paramillo aerodromidan havoga ko‘tarilish paytida qulab tushgan edi. Samolyot yonib ketgani sababli ekipaj a’zolarining kimligini aniqlash murakkab bo‘lib qolgan. Milliy xavfni boshqarish tizimiga tayanilgan holda, bortda kamida ikki kishi bo‘lgani qayd etilgan.
Live
Barchasi