AQSH va Isroil hujumida qancha eronlik halok bo‘lgani aytildi
Olam
−
09 aprel 6956 2 daqiqa
Joriy yilning 28 fevra kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan buyon respublikada 3 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Eron sud tibbiyoti tashkiloti rahbari Abbos Masjedi Oraniy “Mizan”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Jasadlarning taxminan 40 foizini shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmadi”, deydi Oraniy.
Uning qayd etishicha, hozirda deyarli barcha halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan va oilalariga topshirilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 mart kuni Qizil Yarim Oy jamiyati AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 102 mingdan ortiq fuqarolik ob’ektlari hujumga uchraganini xabar qilgan. Halok bo‘lganlar soni bir haftadan ko‘proq vaqt ichida 1,5 baravarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq va zudlik bilan ochish evaziga Eronga beriladigan zarbalar ikki haftaga to‘xtatilishini e’lon qilgan edi. Isroil AQSHni qo‘llab-quvvatladi, biroq rasmiylar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi Livanga taalluqli emasligini qayd etdi. O‘sha kuni Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) harbiy operatsiya boshlanganidan beri Livandagi “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarshi eng yirik hujum yakunlanganini ma’lum qildi. Qo‘shma Shtatlar ham Livan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga kirmasligini bildirdi. Livanga qilingan hujumlardan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozini qaytadan yopib qo‘ydi.
Live
Barchasi