AQSH va Eron muzokaralarining yangi raundi qachon bo‘lishi aytildi

Olam

image

AQSH bilan Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi joriy yilning 3 may kuni kuni Italiya poytaxti Rimda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Amerika tomoni bilan bo‘lajak muloqot yana Ummon vositachiligida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu muzokara AQSH-Eron aloqalaridan tashqari, Tehronning diplomatik faoliyatida Yevropa bilan muloqotlarni ham o‘z ichiga oladi.

“Reuters” nashri AQSH bilan muzokaralar arafasida Eron “Yevropa uchligi” vakillari – Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida ham xabar bergan. Ushbu uchrashuv 2 may kuniga belgilangan va u ham Rimda bo‘lib o‘tadi.

Nashrning yozishicha, Tehron Yevropa davlatlarining BMT sanksiyalari qayta tiklanishi ehtimoli bo‘yicha pozitsiyasini aniqlashga harakat qilmoqda.

Uchrashuvlarga ikki tomondan kimlar boshchilik qilishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Eron va AQSH joriy yilning 12, 19 va 26 aprel kunlari Ummon, Italiya va yana Ummon poytaxti Maskatda uch raund muzokaralar o‘tkazgan edi. Muzokaralarning maqsadi Eronning yadroviy dasturi va Tehronga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Rim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing