AQSH va Eron 6-bor muzokara o‘tkazadi
Olam
−
10 iyun 2057 1 daqiqa
Joriy yilning 15 iyun kuni Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha AQSH va Eron muzokaralarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘iy ma’lum qildi.
“Bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlarni inobatga olgan holda, bilvosita Eron-Amerika muzokaralarining navbatdagi raundi kelasi yakshanba kuni Maskatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, dedi Ismoil Bagayi brifingda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa avvalroq uchrashuv 12 iyun kuni bo‘lib o‘tishini aytgan edi.
AQSH va Eron Eron yadro dasturi bo‘yicha besh marta muzokara o‘tkazdi. Donald Trampning ta’kidlashicha, Vashington Tehronning uranni boyitish ehtimolidan voz kechishni istamagani uchun uning pozitsiyasidan hali qanoatlanmaydi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Vashington tomonidan ilgari surilgan shartlar mamlakat manfaatlariga zid ekanini aytdi.
Ma’lumot uchun, AQSH va Eronning Ummon vositachiligidagi Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralarining birinchisi 12 aprel kuni Ummon poytaxti Maskatda, ikkinchisi 19 aprel kuni Rimda, uchinchi va to‘rtinchisi 26 aprel va 11 may kuni yana Ummon poytaxtida va beshinchisi 23 may kuni yana Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan. Maslahatlashuvlarda Eron delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Amerika delegatsiyasiga esa Prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qildi.
Live
Barchasi