Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

AQSH Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatdi

Olam

image

Amarika Qo‘shma Shtatlari Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashishni to‘xtatdi. Bu haqda kecha, 5 mart kuni manbalariga tayanib, Britaniyaning “The Financial Times” gazetasi xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, Amerika razvedkasi ma’lumotlarisiz Ukraina Qurolli kuchlari uchun Rossiya qo‘shinlariga qarshi samarali harakatlarni amalga oshirish qiyinroq bo‘ladi. Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff “Fox” telekanalida Kiyev bilan razvedka ma’lumotlarini almashish to‘xtatilganini tasdiqladi.

AQSH ma’muriyatining bu qarori 28 fevral kuni Oq uyda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bog‘liq janjal fonida AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga harbiy va gumanitar yordamni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq berganidan ikki kun o‘tib qabul qilindi.

Bir kun oldin Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi Buyuk Britaniya AQSH hukumatidan Ukrainaga amerikaliklardan olingan razvedka ma’lumotlarini yetkazib berishni ham to‘xtatish talabini olganini yozgan edi. Ayni paytda Amerika va Britaniya razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda.

Shu bilan birga, FT'ning yana ikki manbasi ittifoqchilar Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishishda davom etishi haqida fikr bildirdi, ammo bu Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiyaning harakatlanuvchi nishonlariga zarba berish uchun zarur bo‘lgan nozik ma’lumotlarga taalluqli emas.

Tramp Ukraina bilan bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin – OAV north_east

Tramp Ukraina bilan bitim shartlarini o‘zgartirishi mumkin – OAV

Shu bilan birga, “Sky News” jurnalisti Debora Xeyns Ukraina rahbariyatidagi manbaga tayanib, razvedka ma’lumotlarini uzatishni taqiqlashni tanlab olish deb atamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq faqat Ukraina Qurolli kuchlari uchun Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy nishonlar haqidagi ma’lumotlarga tegishli, lekin Ukrainaning o‘zida emas.

O‘z navbatida, Kiyevdagi nomini oshkor etmagan rasmiy "Bloomberg" agentligiga Ukraina AQSHdan razvedka ma’lumotlarini olishda davom etishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp 3 mart kuni Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘ygandi, buni OAVlar Kiyevni muzokara stoliga o‘tirishga majburlash urinish, deb yozdi. Qaror Ukrainaga kemalar va samolyotlarda, shuningdek, Polshadagi tranzit markazlarida ketayotgan AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenning paketlaridagi qurol va o‘q-dorilarga ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari AQSH Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini taqdim etishda davom etganini da’vo qilmoqda.

Tramp va Zelenskiy 28 fevral kuni Oq uyda tortishib qolgan, shundan so‘ng Ukraina va AQSH mineral resurslar bo‘yicha kelishuvni imzolamagan edi. Zelenskiy 4 mart kuni sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini aytdi. Tramp 4 mart kuni AQSH Kongressiga murojaati chog‘ida Zelenskiydan Ukraina “imkon qadar tezroq muzokaralar stoliga o‘tirishga” va qazib olinadigan resurslar bo‘yicha kelishuvni Tramp uchun qulay bo‘lgan vaqtda imzolashga tayyorligini yozgan maktub olganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing