Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Tramp Ukrainaga harbiy yordamni butkul to‘xtatib qo‘ydi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbariyati “tinchlik tarafdori” ekanini namoyish qilmaguncha, Rossiyaga qarshi mudofaa urushida Ukrainaga harbiy yordamni muzlatishga buyruq berdi. Bu haqdagi qaror 4 mart kuni qabul qilingan. 

“Prezident tinchlik tarafdori ekanini ochiq aytdi. Biz hamkorlarimiz ham shu maqsad sari sodiq bo‘lishlari kerak. Biz yordamimizni to‘xtatib, u muammoni hal qilishga yordam berayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘rib chiqmoqdamiz”, deydi Oq uy rasmiysi anonimlik sharti bilan.

Trampning o‘zi bu qarorga hozircha izoh bermadi. Oq uydan ham rasmiy ma’lumot olinmadi.  

“Bu yordamning doimiy yakuni emas, bu pauza”, deya aniqlik kiritdi Fox News AQSH Prezidenti ma’muriyati vakiliga tayanib.  

Bu qarorni qabul qilishdan oldin Tramp Davlat kotibi Marko Rubio va Mudofaa vaziri Pit Xegset bilan maslahatlashish uchun uchrashdi, deya aniqlik kiritmoqda telekanal. 

Bloomberg agentligiga ko‘ra, qaror Ukrainaga hali yetkazib berilmagan barcha Amerika harbiy texnikasiga, jumladan, Polsha orqali tranzit qilinadigan yoki tranzitni kutayotgan qurollarga ham ta’sir qiladi.

Wall Street Journal kecha, 3 mart kuni AQSHning amaldagi va sobiq rasmiylariga tayanib, Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni moliyalashtirishni to‘xtatgani va AQSH zaxiralaridagi ta’minotni muzlatish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi, bu esa Kiyevning Rossiya qo‘shinlarining oldinga siljishiga qarshi turish qobiliyatiga bevosita tahdid soladi. Ukrainaga asosiy qurol yetkazib berish liniyasini yopilishi mumkin bo‘lgan harakatlar Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi Oval kabinetdagi dahanaki jangdan bir necha kun o‘tgach, sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Rossiy-Ukraina urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing