Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

AQSH Rossiyani sulhga ko‘ndirishga harakat qilmoqda – Rubio

Jamiyat

image

AQSH hukumati Rossiyani Ukrainada janglarni to‘xtatishni ko‘rib chiqishga chaqirmoqda va bu taklifga javobni kutmoqda. Bu haqda bugun, 12 mart kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio jurnaslitlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.

Davlat kotibiga ko‘ra, AQSH bugun, 12 martda Rossiya tomoni bilan bog‘lanadi va mamlakatning sulh bo‘yicha javobini kutadi. Kiyev esa Vashington  bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida 30 kunlik sulhga rozi bo‘lgan.

“Agarda ular (rossiyalik rasmiylar) “yo‘q” desa, albatta, biz hammasini diqqat bilan o‘rganishimiz kerak bo‘ladi va qanday holatda ekanimizni, ularning haqiqiy niyatlarini aniqlashimiz kerak. Agar ular “yo‘q” desa, bu bizga ularning maqsadlari va fikrlash tarzidagi ko‘p narsani aytib beradi”, degan Marko Rubio matbuot anjumanida.

Rubio muzokaralarni Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishning yagona usuli deb atagan. Shuningdek, Kiyev bilan hududiy uzilishni muhokama qilinganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “to‘xtatuvchi omil” zarur bo‘ladi, bu esa janglarning qaytadan boshlanishi xavfini bartaraf etadi.

Eslatib o‘tanmiz, avvalroq Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSH va Ukraina vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Ushbu muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi tarkibida Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Prezidenti devoni rahbarining o‘rinbosari Pavel Palisa ishtiro etdi. AQSH delegatsiyasi tarkibida esa Davlat kotibi Marko Rubio va Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Mayk Uols bor edi. Muzokaralardan so‘ng Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak agar Rossiya xuddi shunday qadamga rozi bo‘lsa, Ukraina AQSHning 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham Ukrainaning o‘t ochishni to‘xtatish taklifini Rossiya tomoniga yetkazishlarini va “to‘p endi Rossiya maydonida” ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Rossiya-Ukraina Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing