AQSH Xitoy va Rossiya haqidagi maxfiy ma’lumotlarni “Besh ko‘z” bilan bo‘lishmoqda – “The Times”

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar birinchi marta Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada va Yangi Zelandiyani o‘z ichiga olgan “Besh ko‘z” razvedka alyansi a’zolari bilan Rossiya va Xitoyning kosmik dasturlari haqida juda nozik ma’lumotlarni almashishni boshladi. Bu haqda “The Times”gazetasi xabar berdi.

Nashr yondashuvning o‘zgarishini “alohida ahamiyatga ega” voqea deb atadi. Gap AQSH kosmik kuchlarining harbiy orbital operatsiyalarga ixtisoslashgan Space Delta 9 bo‘linmasi Koloradodagi bazasida to‘plagan ma’lumotlar haqida ketmoqda.

Ilgari u faqat Amerika harbiy qo‘mondonligi uchun mo‘ljallangan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning Vashingtondagi strategik qo‘mondonlik bo‘yicha attashesi N.J. Stringer so‘nggi bir necha hafta mobaynida boshqa mamlakatlar sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatuvchi AQSH razvedka dasturi bo‘yicha brifingda qatnashgan.

Gazetaning yozishicha, Stringerga AQSH harbiy razvedkasining taktik operatsiyalari, jumladan, Amerika tomonining yuqori aniqlikdagi kamera yordamida Rossiya va Xitoy sun’iy yo‘ldoshlariga yaqinlashish usullari ko‘rsatilgan.

Kamera sun’iy yo‘ldoshlarni suratga oladi va ular Qo‘shma Shtatlarni xavotirga solishi mumkin bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullangan yoki yo‘qligini baholaydi.

“The Times” gazetasining yozishicha, maxfiy ma’lumotlarga kirishga ruxsat berilishiga Vashingtonning Pekin va Moskva go‘yoki koinotda yangi imkoniyatlarni jadal rivojlantirayotganidan xavotirlari sabab bo‘lgan. Xususan, nashrning ta’kidlashicha, Xitoy koinotda razvedka ma’lumotlarini to‘plashga katta hajmdagi sarmoya kiritmoqda.

“Biz hech kim xohlamaydigan jangga tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Space Delta 9  qo‘mondoni polkovnik Remsi Xorn.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyga tegishli “Chan’e-6” zondining qo‘nish va uchish moduli tuproq yig‘ish missiyasi doirasida Oyning narigi tomonida to‘plangan tuproq namunalarini Yerga olib qaytgandi. “Chan’e-6” tushirilgan tuproqli kapsula Xitoy shimoliga, Ichki Mo‘g‘uliston avtonom viloyatiga qo‘ngan. Shu bilan Xitoy Oyning uzoq tomonidan namunalar to‘plagan va Yerga olib kelgan birinchi davlatga aylandi. 

Keyinchalik “Chan’e-8” kosmik missiyasi bosh muhandisi Peya Chjaoyuya Shanxayda o‘tkazilgan taqdimotda Rossiya va Xitoy Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi (IRLS) qurilishi doirasida Oy yuzasida atom elektr stansiyasi (AES) o‘rnatishni rejalashtirayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing