AQSH Eronga yangi sanksiyalar joriy qildi

Olam

image

Kecha, 15 yanvar kuni AQSH Moliya vazirligi Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, unga 11 nafar shaxs va 13 ta tashkilotni qo‘shdi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.

Yangilangan sanksiyalar ro‘yxatiga Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Singapur va Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar, jumladan gaz va neft kompaniyalari kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatda Erondagi Fardis qamoqxonasi ham qayd etilgan.

Vazirlik tomonidan ro‘yxatga kiritilganlar namoyishlarni bostirishga hamda neft savdosidan tushgan daromadlarni chet el bozorlarida yuvishga ko‘maklashgani  iddao qilinmoqda.

“Moliya vazirligi prezident Tramp topshirig‘iga binoan, Eron rejimi vakillariga qarshi sanksiyalar kiritmoqda. Tramp Eron xalqini qo‘llab-quvvatlaydi”, degan AQSH Moliya vaziri Skott Bessant o‘z videomurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron rahbariyati tinch namoyishlarga shafqatsiz zo‘ravonlik bilan javob bergan: ko‘chalarda ommaviy otishmalar, jarohatlanganlar va shifoxonalarga hujumlar shular jumlasidan.

Bessantning ta’kidlashicha, vazirlik tomonidan joriy etilgan sanksiyalar 11 nafar shaxs va tashkilotga qaratilgan. Sanksiyalar ro‘yxatiga Eron milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ali Larijoniy ham kiritilgan.

Shuningdek, Islom inqilobi muhofizlari korpusi va Eron politsiyasining mintaqaviy qo‘mondonlari ham sanksiyalar ostiga tushgan.

Vazirlikning ogohlantirishicha, ushbu ro‘yxatdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladigan banklar yoki boshqa tuzilmalar ham ikkilamchi AQSH sanksiyalariga duch kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The New York Times” nashri amerikalik rasmiylarga tayanib, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Trampdan Eronga qarshi harbiy zarbalarni vaqtincha kechiktirishni so‘ragani haqida yozgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing