AQSH Eronga ketma-ket uchinchi tungi hujumlarini uyushtirdi (video)
Olam
−
14 iyul 4889 2 daqiqa
AQSH harbiylari Prezident Donald Tramp topshirig‘i bilan boshlangan Eronga qarshi ketma-ket uchinchi tungi hujum zarbalar yakunlanganini bildirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi.
Qayd etilishicha, besh soat davom etgan amaliyot chog‘ida Bushehr, Chahbahor, Jask, Konarak, Abu Muso va Bandar Abbosdagi harbiy nishonlar muvaffaqiyatli nishonga olinganini ma’lum qilgan. Bu Prezident Donald Tramp Eron kemalariga nisbatan blokadani qayta joriy etishini va Hormuz bo‘g‘ozini qo‘riqlash uchun 20 foizlik to‘lov joriy etishni taklif qilgani ortidan Eronga qarshi ketma-ket uchinchi tungi hujum bo‘ldi.
Eron Qurolli kuchlari yagona qo‘mondonligi AQSH Hormuz bo‘g‘ozining kelajagini belgilashda hech qanday rol o‘ynamasligi va bu jarayonga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan. Eron hafta oxirida strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozini yopayotganini e’lon qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Eron urushi 28 fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga hujumlari bilan boshlangan. Shundan so‘ng Eron Isroil hamda AQSH harbiy bazalari joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlariga zarbalar bergan.
Urush davomida AQSH va Isroilning Eronga, shuningdek Isroilning Livanga qilgan hujumlari minglab odamlar halok bo‘lishiga va millionlab insonlar o‘z uyini tark etishiga sabab bo‘ldi. Mojaro jahon neft narxlarining keskin o‘sishiga va xalqaro moliya bozorlarida beqarorlik kuchayishiga ham olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Hormuz bo‘g‘ozidagi keskinlik kuchayishi ortidan Eronga qarshi yangi hujumlar boshlagan edi. Prezident Donald Tramp ushbu hujumlarga Eron kuchlarini javobgarlikka tortish maqsadida shaxsan ko‘rsatma bergandi.
Live
Barchasi