AQSH Baku-Yerevan bitimi bilan strategik koridor ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi – “Reuters” 

Olam

image
AQSH Zangazur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi north_east

AQSH Zangazur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bugun, 8 avgust kuni imzolashi kerak bo‘lgan tinchlik shartnomasi AQSHga Janubiy Kavkaz orqali strategik tranzit yo‘lagini rivojlantirish uchun eksklyuziv huquqlarni beradi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Marosim bugun, 8 avgust kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Bitim Tog‘li Qorabog‘ maqomi tufayli SSSR parchalanishidan avval avj olgan ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik mojaroga chek qo‘yishi kerak.

Qorabog‘ 2023 yilda Ozarbayjon nazoratiga o‘tdi, biroq mamlakatlarda transport yo‘nalishlarini to‘sib qo‘yish bo‘yicha haligacha hal etilmagan muammolar mavjud. Shunday qilib, Baku mamlakat janubi-g‘arbini Turkiya bilan chegaradosh Naxichevan anklavini bog‘laydigan to‘g‘ridan to‘g‘ri quruqlik aloqasidan manfaatdor. Taxminlarga ko‘ra, yo‘lak Armaniston hududidan – Syunik viloyatining Megri shahridan o‘tadi.

Manbalarga ko‘ra, aynan mana shu “arteriya” AQSH tomonidan nazorat qilinadi. Loyiha “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp marshruti” deb nomlandi. Agentlik suhbatdoshlari yo‘lak Armaniston qonunchiligiga muvofiq boshqariladi, Qo‘shma Shtatlar esa ushbu uchastkani infratuzilmani qurish va uni boshqarish bo‘yicha konsorsiumga berishi mumkin, deya aniqlik kiritdi.

“Tijorat fondlari yordamida bu qadam mintaqani ochib beradi va keyingi harbiy harakatlarni oldini oladi”, deydi nashr manbalaridan biri.

Yo‘nalish Yerevan qarshi chiqqan “Zangezur yo‘lagi” deb atalmish avvalgi konsepsiyaga muqobil sifatida ko‘rilmoqda. 2023 yilda Bosh vazir Nikol Pashinyan bu ibora “Armanistonga qarshi hududiy da’volar qilish uchun sarlavha bo‘lib xizmat qilishini” ta’kidlab, Ozarbayjon Naxichevan bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish maqsadida foydalanishi uchun mamlakat janubida avval demontaj qilingan temiryo‘lni qayta tiklaydigan “Tinchlik chorrahasi” deb nomlangan o‘z loyihasini taklif qilgan edi.

Manbalarga ko‘ra, “Tramp yo‘li” tomonlar juma kuni tuzmoqchi bo‘lgan tinchlik kelishuvining asosiy elementi bo‘ladi.

Bundan tashqari, Armaniston va Ozarbayjon 1999-yilda Fransiya, Rossiya va AQSH vositachiligida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha mojaroni hal qilish yo‘lida ish olib borayotgan YeXHTning Minsk guruhidagi ishtirokini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Armaniston-Ozarbayjon kelishuvidagi taraqqiyot mart oyida AQSH maxsus vakili Stiv Vitkoff mintaqaga tashrif buyurganida bayon qilingan edi.

AQSH rasmiylarining fikricha, Janubiy Kavkazdagi tinchlik Ozarbayjonni Tramp o‘zining birinchi muddatida Isroil va to‘rt musulmon davlati o‘rtasida muzokara olib borgan Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarga undashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ozarbayjon Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Armaniston Janubiy Kavkaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing