“Agent emasman”. Galkin arizasini rad etgan sud ustidan shikoyat qildi

Madaniyat-san’at

image

Rossiyalik taniqli komediyachi Maksim Galkin uni “xorijiy agentlar” safidan chiqarishni rad etgani uchun sudga shikoyat kiritdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Gap shundaki, 2023 yili Galkin undan “xorijiy agent” maqomini olib tashlash bo‘yicha Moskvaning Zamoskvoretskiy tuman sudiga ariza kiritgan. 

 “Men o‘zimni xorijiy agent, deb hisoblamayman”, deb izoh qoldirgan Galkin o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Ammo sud bu da’voni rad etgan. Moskva shahar sudi bu qarorni qonuniy deb tan olgan. 

“Men Rossiya Adliya vazirligining qaroridan qoniqmadim. Uni noqonuniy, huquq va erkinliklarga tahdid soluvchi, Rossiya qonunchiligi va xalqaro huquqqa zid, deb hisoblayman. Buyruqning nusxasi ham da’vogarga yuborilmagan”, deyiladi shoumenning da’vo arizasida.

Ammo, sud vakilining so‘zlariga ko‘ra, Galkin xorijda konsertlar beradi, o‘z chiqishlarida Rossiyaning ichki va tashqi siyosati haqida ham gapiradi, ijtimoiy tarmoqlarida esa ushbu chiqishlardan parchalarni e’lon qiladi. Sud qaroriga ko‘ra, chet elliklar Galkinni qo‘llab-quvvatlaydi va uning fikrlarini tarqatadi. Shu sabablarga ko‘ra, Galkindan “xorijiy agent” maqomi olib tashlanmagan.

“Bo‘lim tomonidan mazkur shaxsning chet el manbasi manfaatlarini ko‘zlab, siyosiy faoliyat olib borishi, unga xorijiy manba tomonidan ta’sir ko‘rsatilishi bilan bog‘liq faktlar qayd etilgan”, deyiladi sud qarorida.

Shunday qilib, sud ajrimi o‘zgarishsiz, shikoyat esa qanoatlantirilmagan holda qoldirildi.

Shundan so‘ng, Galkin uni ushbu reyestrdan chiqarishni rad etish yuzasidan yana sudga kassatsiya shikoyatini kiritdi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil sentyabr oyida Adliya vazirligi Galkinni Ukraina uning siyosiy faoliyatiga homiylik qilmoqda, degan ayblov bilan “xorijiy agentlar” ro‘yxatiga kiritgan.  Shoumen ijtimoiy tarmoqlarda ushbu urushga nisbatan salbiy munosabatini bir necha bor e’lon qilgan va buni konsertlarda ham bildirgan. O‘sha yili Galkin, uning rafiqasi, xonanda Alla Pugachyova va ularning bolalari Isroilga ko‘chib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maksim Galkin Rossiyaning so‘rovi bilan Indoneziyada kiritilmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Galkin Agent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing