Afrikada begemot yo‘lovchi qayig‘iga hujum qildi. Qurbonlar bor
Olam
−
11 Sentabr 2025 7182 1 daqiqa
Afrikaning G‘arbiy sohilida joylashgan Kot-dʼIvuar respublikasida begemot 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiqni ag‘darib yubordi. Bu haqda mamlakat Birdamlik vaziri Belmonde Dogo o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
Ma’lum qilinishicha, qayiq janubi-g‘arbiy Buyo shahridagi Sasandra daryosi bo‘ylab harakatlanayotganda begemot uni ag‘darib yuborgan. Qutqaruvchilar 3 nafar yo‘lovchini qutqarishga muvaffaq bo‘lgan, qolgan 11 nafarini topish bo‘yicha qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Qurbonlarning necha yoshdaligi hali aniqlanmagan, lekin, ular orasida ayollar, qizlar va chaqaloq ham bo‘lgan.
“Bizni bu fojea chuqur qayg‘uga soldi. Yo‘qolganlarni topish umidida qidiruv ishlari davom etmoqda. Ushbu fojiada yuzasidan Kot-dʼIvuar hukumati qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Shuningdek, omon qolganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deb yozgan Dogo.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Kot-dʼIvuar universiteti tadqiqotchilari begemotlar mamlakatda o‘lim yoki boshqa fojialarga olib keladigan eng keng tarqalgan sabab ekanligini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Sinxuandao shahrida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi