Afg‘onistonda ISHID faoliyati butunlay tugatildi
Olam
−
29 Sentabr 7079 2 daqiqa
Afg‘onistonda “Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) faoliyati butunlay to‘xtatildi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumati a’zosi Abdul Matin Qoniy xabar berdi.
Harakat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning barcha buzg‘unchilik faoliyati to‘xtatilgan va bu borada tashvishga o‘rin yo‘q. Ta’kidlanishicha, ISHID rahbariyati va boshqaruvi har doim tashqaridan amalga oshirilgan.
Qoniy bu bayonotni 34 viloyat inspektorlari ishtirokidagi seminarda bildirgan. U BMT va Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonlik qochqinlar orasida terrorchilar safarbar qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlariga izoh bergan.
“Xavfsizlik va razvedka organlari chegara hududlarida vaziyatni doimiy nazorat ostida ushlab turibdi”, degan “Tolibon” vakili.
Ma’lumot uchun, ISHID harakati 2000 yillarning boshida Iroqda shakllangan. U dastlab “Al-Qoida”ning Iroqdagi bo‘linmasi sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik mustaqil tashkilot sifatida faoliyatini davom ettirgan. Guruh 2014 yilda katta mashhurlikka erishgan, chunki u Iroq va Suriya hududlarining katta qismini egallagan.
Uning yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy bo‘lgan. 2019 yilda u AQSH maxsus kuchlari tomonidan yo‘q qilingan. Keyinchalik guruhning boshqa yetakchilari ham muntazam ravishda yo‘q qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston hukumati Qandahor shahrida ayollarga erkak stomatologlarga murojaat qilishni man etgandi. “Tolibon” vakillari butun Qandahordagi stomatologiya klinikalaridan ayollarni haydab chiqargan va ularni erkak shifokorlar oldiga kiritmaslik haqida ko‘rsatma bergan.
Live
Barchasi