KXŞT Tojikistonga Afğoniston bilan çegarani mustahkamlaş uçun qurol beradi
Olam
−
19:50 699 2 daqiqa
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) joriy yil oxirigaça Tojikistonga Afğoniston bilan çegarani mustahkamlaş uçun harbiy texnika va qurol-yaroğ yetkazib berişni boşlaydi. Bu haqda KXŞT boş kotibi Talatbek Masadikov joriy yilning 21 oktyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aytişiça, dasturning birinçi bosqiçi yakunlangan, Tojikiston tomoni buyurtmalar uçun yetkazib beruvçilarni tanlab, xarid summalarini kelişib olgan.
“Öylaşimça, joriy yil kuzida, yil oxirigaça Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Belarusdan Tojikistonga dastlabki yetkazib berişlar boşlanadi. Bu Tojikiston va Afğoniston çegarasini jihozlaşga taalluqli. Gap nafaqat jihozlar, balki qurol-yaroğ haqida ham ketmoqda”, degan Masadikov.
Hozirça Tojikistonga aynan qanday harbiy texnika va qurol-yaroğ yetkazib berilişi, ularning hajmi va turlari oçiqlanmagan.
KXŞT boş kotibi dastur Afğonistonga tahdid solişni maqsad qilmaganini ham ta’kidlagan. Uning aytişiça, loyihani amalga oşiriş 2029 yilning oxirigaça davom etadi.
Masadikov avvalroq, joriy yilning avgust oyida, Tojikistonning Afğoniston bilan çegarasini mustahkamlaş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ va harbiy texnika turlari röyxati şakllantirilganini bildirgan edi. Biroq öşanda ham ularning aniq tarkibi va miqdori ma’lum qilinmagan.
“Çegara xavfsizligi nafaqat Tojikiston, balki taşkilotning barça a’zolari uçun ham birinçi darajali ahamiyatga ega”, degan KXŞT boş kotibi.
Öz navbatida, “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohid Afğoniston qöşni davlatlarga tahdid solmayotganini bildirgan. U Markaziy Osiyodagi xavotirlarni asossiz deb atagan.
Mujohidning bildirişiça, Afğonistonning amaldagi hukumatiga qarşi bölgan ayrim axborot tuzilmalari KXŞTga notöğri ma’lumotlar taqdim etmoqda va Qobul bilan qöşni davlatlar örtasida nizo keltirib çiqarişga urinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belarusda Rossiya va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining boşqa ittifoqçilari iştirokida qöşma harbiy maşğulotlar boşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi