Afg‘onistonda ayollar erkak stomatologlarga borishi taqiqlandi

Olam

image

Afg‘oniston hukumati Qandahor shahrida ayollarga erkak stomatologlarga murojaat qilishni man etdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “Tolibon” vakillari butun Qandahordagi stomatologiya klinikalaridan ayollarni haydab chiqargan va ularni erkak shifokorlar oldiga kiritmaslik haqida ko‘rsatma bergan.

“Tolibon” hokimiyatga kelgach, Afg‘onistonda ayollar huquqlarini cheklovchi bir qancha choralar joriy qilinmoqda. Yaqinda mamlakat universitetlari dasturidan ayollar yozgan kitoblar olib tashlangan. Shuningdek, inson huquqlari va jinsiy zo‘ravonlik mavzulari tilga olingan 18 ta fan o‘qitilishi taqiqlangan. “Tolibon”ga qarshi yoki shariatga zid deb topilgan 680 ta kitobning qariyb 140 tasi ayollar qalamiga mansub.

Qayd etish joiz, 10 avgust kuni “Tolibon” Qobuldagi ayollar go‘zallik salonlarini ommaviy yopayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Mutaxassislar bu harakatlarni ayollarni bosqichma-bosqich ijtimoiy va iqtisodiy hayotdan chetlashtirish siyosatining bir qismi sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” muvaqqat hukumati rasmiylari Qandahor viloyatida ayollarga radio orqali ko‘ngilochar dasturlarni olib borishni taqiqlagandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Qandahor stomatolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing