Abu-Dabidagi ko‘rgazmada O‘zbekiston harbiy texnikalari namoyish qilindi (foto)
Jamiyat
−
19 fevral
7571Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ikki yilda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan dunyoning eng yirik mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 17-21 fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu ko‘rgazmada harbiy sanoat korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, jumladan, dronlar va elektron urush tizimlari, shuningdek ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston uchun ajratilgan pavilonlardan “Arslon” 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan “To‘fon” o‘ziyurar gaubitsasi ham o‘rin olgan. Besh kunlik tadbir doirasida ilg‘or harbiy texnologiyalar, strategik sheriklik, sanoat innovatsiyalarini namoyishi, kiberxavfsizlik hamda sun’iy intellekt va xavfsizlikning kelajagini belgilaydigan yirik shartnomalar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mudofaa ishlab chiqarishi va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sohasida mamlakat iqtisodiyotining xususiy sektori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligiga e’tibor qaratilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

