43 davlat Navalniyning o‘limi yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qildi

Olam

image

Dunyodagi 43 ta davlat rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning o‘limi bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qildi. Bu haqda “France-Presse” agentligi xabar berdi. 

“Rossiyadagi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limidan g‘azabdamiz, buning uchun asosiy javobgarlik Prezident Putin va Rossiya hukumati zimmasiga tushadi”, deydi Yevropa Ittifoqining BMTdagi delegatsiyasi rahbari Lotte Knudsen.

BMT Inson huquqlari kengashida Navalniyning o‘limidan norozilik bildirgan davlatlar qatorida Yevropa Ittifoqi a’zolari, AQSH, Buyuk Britaniya, Ukraina, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya ham bor.

“Rossiya uning to‘satdan o‘limi holatlari bo‘yicha mustaqil va shaffof xalqaro tergov o‘tkazilishiga ruxsat berishi kerak”, deydi Lotte Knudsen.

43 ta davlat vakillari Rossiyani inson huquqlarini tinch yo‘l bilan amalga oshirgani va Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi chiqqani uchun hibsga olingan barcha siyosiy mahbuslar, huquq himoyachilari, jurnalistlar va urushga qarshi faollarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga chaqirgan.

"Biz Rossiya Federatsiyasini jazosizlik muhitini tugatishga va siyosiy muxolifat uchun xavfsiz muhit yaratishga chaqiramiz. Rossiyaning siyosiy rahbariyati va hokimiyati javobgarlikka tortilishi kerak”, deydi Yevropa Ittifoqi elchisi.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan 3-sonli “Qutb bo‘risi” axloq tuzatish koloniyasida Aleksey Navalniy vafot etdi. Uning dafn marosimi 1 mart kuni Moskvadagi Borisov qabristonida bo‘lib o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy xalqaro tergov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing