40 yoshli Beterbiyev hali-beri boksdan ketmoqchi emas
Sport
−
19 fevral 3031 1 daqiqa
Yengil vaznda (79,4 kg gacha) mutlaq jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev boksdagi faoliyatini qachon yakunlashi haqida so‘z ochdi.
“Bilmayman... Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Kayfiyatim yaxshi. Salomatlik yaxshi. Men davom etmoqchiman. Har qanday ona singari, onam men haqimda qayg‘uradi. Onam doim mendan xavotirlanadi, lekin u meni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Beterbiyev.
22 fevral kuni Ar-Riyodda Beterbiyev hamyurti Dmitriy Bivol bilan revansh jangini o‘tkazadi. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi jangda Beterbiyev hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, Beterbiyev hozirda 40 yoshda. U profboksda 21-0 rekordga ega. Bivol ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Beterbiyev o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylandi. U WBC, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr