2025 yil aviahalokatlarda qancha odam halok bo‘ldi?

Olam

image

Yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab samolyot halokatlarida vafot etganlar soni 400 kishidan oshdi. Bu haqda o‘z hisob-kitoblariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yil ichidagi o‘rtacha darajadan ancha yuqori. Germaniyaning aviatsiya xavfsizligi statistikalarini yurituvchi Jacdec kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 10 yilda o‘rtacha har yili 284 kishi aviakatastrofalarda (samolyotlar ishtirokida sodir bo‘ladigan jiddiy avariya yoki halokatlar) halok bo‘lgan.

Jacdec hisobiga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda rekord ko‘rsatkichlar 2015 va 2018 yillarga to‘g‘ri keladi – o‘sha yillarda samolyot halokatlarida 500 dan ortiq kishi vafot etgan. Kompaniya og‘irligi kamida 5,4 tonna bo‘lgan yoki 17 nafardan ko‘proq yo‘lovchi sig‘adigan samolyotlar bilan bog‘liq hodisalarni kuzatib boradi.

2025 yilning statistikalariga 4 noyabr kuni AQSHda UPS kompaniyasiga tegishli MD-11 yuk samolyoti qulashida halok bo‘lgan 9 kishi ham kiritilgan.

Joriy yilda eng ko‘p qurbonlarga sabab bo‘lgan hodisa – 12 iyunda Hindistonning Ahmadobod shahrida Air India aviakompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner  samolyotining qulashidir, bunda 260 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot aviahalokat Jacdec

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing