2020 yilning eng mashhur tviti ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
09 dekabr 2020 6215 1 daqiqa
“Qora Pantera” filmida asosiy rolni ijro etgan amerikalik aktyor Chadvik Bouzmanning Twitter sahifasida uning o‘limi haqidagi post 2020 yilda eng ko‘p repost qilingan. Bu haqda “Variety” yozmoqda.
9 dekabr holatiga ko‘ra, postda 2,1 million retvit bor edi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu postni 924,6 ming marta takror e’lon qilishgan, shuningdek, 165 ming izoh va 7,5 million layk qoldirishgan.
Twitter’da ikkinchi o‘rinni shu yilning yanvar oyida aviahalokatda vafot etgan basketbolchi Kobi Brayantning o‘limi haqidagi xabar egalladi.
Uchinchi o‘rinni esa AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamaning ushbu sportchining vafoti munosabati bilan yozgan ta’ziyasi band qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida "Qora Pantera"dagi roli bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Chedvik Bouzman 43 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan edi.
Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 10:00 lar atrofida Kaliforniya janubidagi Kalabasas shahrida yuz bergan. 41 yoshli basketbolchiga tegishli Sikorsky S-76 vertolyoti halokatga uchragan, oqibatda Brayantning 13 yoshli qizi Janna Mariya, uning dugonasi va otasi jami 10 kishi halok bo‘lgan edi.