Ilon Mask YeIni tugatishga chaqirdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Yevropa Ittifoqini tarqatib yuborishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozdi.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot o‘ziga a’zo davlatlarga “o‘z xalqini to‘g‘ri ko‘rsatish”ga to‘sqinlik qilmoqda.

“Davlatlar o‘z xalqini yaxshiroq ifodalashi uchun Yevropa Ittifoqi tugatilishi va suverenitet alohida mamlakatlarga qaytarilishi kerak”, deb yozadi u.

Maskning aytishicha, “Yevropa Ittifoqi byurokratiyasi Yevropani sekin-asta bo‘g‘moqda”. Mask bir necha bor ittifoq samaradorligini tanqid qilgan va davlatlar uni tark etishini taklif qilgan.

Mojaroning so‘nggi bosqichi Yevrokomissiyaning tadbirkorga qarashli mashhur X ijtimoiy tarmog‘ini 120 million yevro (taxminan 139 million 728 ming dollar) miqdorida jarimaga tortish qarori bilan bog‘liq.

Jarima “Raqamli xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq reklama va foydalanuvchi hisoblarining shaffofligi yetarli emasligi uchun berilgan. Bu qaror Telegram asoschisi Pavel Durovning ham tanqidiga sabab bo‘ldi, uning fikricha, Yevropa Ittifoqi o‘zgacha fikrga toqat qiladigan platformalarni ataylab nishonga olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi Leo XIV dunyoning eng boy odamlaridan biri – Ilon Maskning trillioner bo‘lishi ortidan dunyo katta baloga duch kelishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Pavel Durov Twitter Ilon Mask X

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing