20 nafar o‘zbekistonlik Shvetsiyadan haydaldi

Jamiyat

image

20 nafar o‘zbekistonlik Shvetsiyadan deportatsiya qilindi. Ular mamlakat migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentiligi xabar berdi. 

O‘zbekistonliklar kecha, 12 may kuni Shvetsiyadan charter reys orqali O‘zbekistonga olib kelingan. 

O‘zbekistonliklarning mamlakatga qaytishi O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasi bo‘lgani aytilmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash masalalari tezkorlik bilan kelishib olingan. 

O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish va xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni doimiy ravishda davom ettirayotgani qayd etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni 26 nafar o‘zbekistonlik AQSHning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing