16 yoshli Rio Ngumoa “Liverpul” tarixiga kirdi
Sport
−
26 avgust 2128 2 daqiqa
“Liverpul”ning yosh hujumchisi Rio Ngumoa Angliya Premer-ligasi 2-turida “Nyukasl”ga qarshi kechgan bahsda (3:2) so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urib, liga tarixidagi to‘rtinchi eng yosh to‘purarga aylandi. U 16 yosh-u 361 kunligida gol urib, bu ro‘yxatda Ueyn Runi, Jeyms Milner va Jeyms Vogan ortidan joy oldi.
Murabbiy Arne Slot o‘yin oxirida o‘smirni maydonga tushirdi va u 100-daqiqada hal qiluvchi zarbani amalga oshirdi. Bu gol Ngumoani “Liverpul” tarixidagi eng yosh to‘purarga aylantirdi.
Quyida Premer-liganing eng yosh to‘purarlaribilan tanishing:
- Jeyms Vogan – 16 yosh 270 kun (“Everton”, 2005);
- Jeyms Milner – 16 yosh 356 kun (“Lids”, 2002);
- Ueyn Runi – 16 yosh 360 kun (“Everton”, 2002);
- Rio Ngumoa – 16 yosh 361 kun (“Liverpul”, 2025).
Ngumoa aslida “Chelsi” akademiyasida tarbiya topgan, biroq o‘tgan yozda “Liverpul”ga o‘tgan edi. Uning iste’dodini Terri Anri ham yuqori baholab: “Bu bola o‘zini katta sahnaga e’lon qildi”, deya ta’kidlagan.
“Bu orzu debyuti, ammo endi undan ham ko‘prog‘i kutilyapti. Kamtar bo‘lib, mehnatni davom ettirishi kerak”, dedi “Liverpul” sardori Virjil van Deyk esa jamoadoshini ogohlantirib.
Ngumoa allaqachon yozgi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan – “Atletik Bilbao” va “Iokogama”ga qarshi gol urgan, “Milan” bilan o‘yinda assist qilgan. Endi u asosiy tarkib uchun kurashga tayyor.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi