Arne Slot “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Sport

image
Gollandiyalik mutaxassis Arne Slot Angliyaning “Liverpul” futbol klubi bosh murabbiyi lavozimidan ketdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati o‘tgan mavsum yakunlarini tahlil qilganidan so‘ng, murabbiy bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan.

“Liverpul” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Ispaniyaning “Bornmut” jamoasi ustozi Andoni Iraola ko‘rilmoqda.

Arne Slot 2024 yil yozida germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp klubni tark etganidan so‘ng, “Liverpul”ni qabul qilib olgan edi. Uning rahbarligi ostida “qizillar” 2024-2025 yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishdi. Oradan bir yil o‘tib, jamoa Premer-ligada beshinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli Arne Slot “Liverpul”ga kelgunga qadar Niderlandiyaning “Feyenoord” va AZ Alkmar jamoalarida faoliyat yuritgan. U “Feyenoord” bilan birga Niderlandiya chempionligini va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2022 yilda UEFA Konferensiyalar ligasining finaliga chiqqan.

Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Arne Slot Andoni Iraola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing