15 yil deganda “O‘zbekiston havo yo‘llari” xodimlari kiyimini o‘zgartirdi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
905415 yil deganda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK xodimlari liboslarini o‘zgartirdi. Bu haqda kompaniyaning Telegram’dagi kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ertaga, 14 fevraldan boshlab uchuvchilar va bortkuzatuvchilari yangi liboslarda o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Samolyot ekipaji qiyofasida keskin o‘zgarishlar 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Kiyimlardagi asosiy rang quyuq akvamarin va terrakota ranglaridir. Qizlar uchun yubka, shim, bluzkalardan iborat bo‘lgan, ikki xil rangli yangi to‘plam taqdim etilgan. Pidjakning astarlari terrakota rangida bo‘lib, logotip tasviri tushirilgan. Aksessuarlar sifatida bosh kiyim, matoli va charm qo‘lqoplar, soch turmagi yaratish uchun matoli elastik tasmasi va ikki xil rangdagi bo‘yin sharflari kiritilgan. Bluzkalar va bo‘yinbog‘lardagi bezaklar sharqona uslubda yaratilgan. Qishki yomg‘irpo‘sh- paltosi yechib olinadigan izolyatsiyalangan astarga ega.
Erkak-bortkuzatuvchi xodimlari uchun to‘plam quyuq kulrang rangdagi uch qismli kostyum ko‘rinishida, quyuq akvamarin bezaklari bilan taqdim etiladi. Bosh kiyim to‘q kul rangda kumush bezak bilan bezatilgan.
Uchuvchilar uchun kostyumlar oldingi rangida qoldirilgan. Brendli tugmalar va eksklyuziv galstuklar yaratildi.
Mato turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda tanlangan.
Loyihada mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etgani aytilmoqda. Matolarni tanlash va asosiy to‘plamning birinchi partiyasini tikish Turkiyaning "Dress Best Uniforms" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Ular urkish urkish Airlines (partial), Fly Dubai, Albaniya Airlines, Flyas aviakompaniyalari bilan ish olib borgan.
LiveBarchasi