13 nafar o‘zbekistonlik Turkmaniston orqali Erondan olib chiqildi
Jamiyat
−
03 mart 7453 2 daqiqa
13 nafar O‘zbekiston fuqarosi Erondan Turkmaniston hududi orqali ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatning Eron Islom Respublikasidagi vakolatxonasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklarni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Turkmaniston davlat idoralarining ko‘magida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida Ashxobod shahridagi elchixona xodimlari 13 nafar fuqaroni “Saraxs” turkman–eron chegara posti orqali O‘zbekistonga xavfsiz kuzatib qo‘ygan.
Kecha, 2 martdan fuqarolar va transport vositalari o‘tishi uchun turkman–eron davlat chegarasining “Gaudan–Bajgiran”, “Artik–Lyutfabad”, “Akyayla–Incheburun” va “Oltin Asir–Incheburun” nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklangan.
Ma’lum qilinishicha, elchixona xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Gaudan–Bajgiran” nazorat-o‘tkazish punktida kutib olmoqda. O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi avtotransport vositalari safarbar etilgan.
O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining telefon raqamlari:
- +993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov;
- +993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev;
- +993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ushbu mintaqadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi