“10 dan 1 ball”. Tantashevning Fransiya-Paragvay o‘yinidagi ishi tanqidlarga uchradi
Sport
−
06 iyul 7199 2 daqiqa
Nufuzli “L'Équipe” nashri o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasining Fransiya va Paragvay o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final uchrashuvidagi ishini eng past ko‘rsatgich bilan baholadi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu “L’Equipe” jurnalistlari tomonidan 2016 yildan buyon hakamga berilgan uchinchi eng past bahodir. Qolgan ikki holat milliy chempionatlar uchrashuvlarida qayd etilgan.
“L'Équipe” nashrining maxsus muxbirlari hech qanday noo‘rin shovinizmga (millatchilik tuyg‘usiga) berilmagan holda, uning ko‘rsatgan hakamligiga 10 ballik tizimda 1 ball qo‘yishga qaror qilishdi. Bu hakamlik “ko‘klar” (Fransiya terma jamoasi) uchun qimmatga tushishi mumkin edi, eng muhimi – u o‘yinning rivojlanishiga xizmat qilmadi va futbolchilarni himoya qila olmadi.
Bizning muxbirlar Yevro-2016 turniridan boshlab hakamlarni ham baholay boshlaganidan beri, gazetamiz sahifalarida bunday past baho uchinchi marta qayd etilishidir. Bundan avval – har safar Liondagi o‘yinlarda – 2024 yilning aprelida Stefani Frappar va oradan bir necha kun o‘tib Matyo Vernis shunday baho olgan ilk hakamlar bo‘lishgan edi”, deyiladi xabarda.
Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan bahs Fransiya va Paragvay bahsda fransuzlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 70-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan urdi.
Ushbu uchrashuv Tantashev uchun 2026 yilgi Jahon chempionatidagi uchinchi o‘yin bo‘ldi. U bunga qadar guruh bosqichida Shotlandiya – Marokash (0:1) hamda Jazoir – Avstriya (3:3) o‘yinlarini boshqargan edi.
Nashr talqiniga ko‘ra, Tantashev Fransiya foydasiga penalti belgilagan bo‘lsa-da, butun o‘yin davomida atigi 3 ta sariq kartochka ko‘rsatgan. O‘zbekistonlik hakam bahsga qattiq aralashmagan, ammo Mbappe va boshqa fransiyalik futbolchilarga nisbatan qo‘pol harakat qilgan, shuningdek, simulyatsiya qilish va vaqtni cho‘zishga uringan Paragvay futbolchilariga nisbatan intizomiy chora ko‘rmagan.
“Paragvayliklar maydonda istagan ishini qildi. Ular yuqori saviyada tashkil etilgan jamoaga qarshi har qanday usuldan foydalanishga harakat qildi. Eng yomoni esa, buni hech kim to‘xtata olmadi”, dedi sobiq FIFA hakami Sergey Lapochkin Match TV telekanalining dasturlaridan birida.
Live
Barchasi