1 yilda iste’molchilarga qancha keshbek to‘langani ochiqlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2025 4672 1 daqiqa
O‘tgan 2024 yilda iste’molchilarga 1 trillion so‘mdan ortiq keshbek qaytarilgan. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yil 4 fevral holati bo‘yicha 2024 yilda iste’molchilarga 1 milliard chek uchun 1 trillion so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Shundan 89,2 milliard so‘mi dekabr oyi uchun berilgan.

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Toshkent shahri - 412,2 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati - 107,1 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati - 93,2 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati - 75,6 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati - 52 mlrd so‘m.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan xarid qilingan mahsulot va xizmatlar summasidan iste’molchilarga keshbek qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, xarid qilingan tovar va xizmatlar summasidan 1 foiz miqdorida keshbek respublika byudjeti hisobidan iste’molchiga qaytariladi. Avtomobil, temiryo‘l va aviachipta xaridi, kommunal va aloqa xizmatiga to‘lovlar uchun, bundan tashqari mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan R2R va kredit to‘lovlari uchun keshbek tizimi tatbiq etilmagan.